Tezkor! O`zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi mumkin

Jamiyat 08.07.2020, 12:44
Tezkor! O`zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi mumkin

O`zbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika bo`yicha karantin choralari kuchaytiriladi.  2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida: 

a) quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:

avtotransport vositalarining harakati cheklandi;

davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta`sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta`tiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;

davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig`ilishlar o`tkazish taqiqlandi, zarur hollarda yig`ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o`tkazish belgilandi;

hududlar o`rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno); 

tomosha, madaniy-ko`ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazish taqiqlandi;

to`y hamda boshqa oilaviy marosimlarni o`tkazish taqiqlandi;

65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko`chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo`lib harakatlanishi cheklandi.

b) quyidagi ob`ektlar faoliyati to`xtatildi:

➖ parklar va istirohat bog`laridagi attraksionlar;

➖ buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug`ullanuvchi yirik do`konlar; 

➖ sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar; 

➖ tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat`i nazar maktabgacha ta`lim tashkilotlari, o`quv kurslari va har qanday to`garaklar;

umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (etkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);

sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;

v) xalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar bilan bog`liq quyidagi yangi tartiblar belgilandi:

xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;

xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari xaydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo`yicha test topshiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1