1

Endi imtihonlar qoldiriladimi?

Jamiyat 08.07.2020, 15:00
Endi imtihonlar qoldiriladimi?

DTM ning xabar berishicha 2020-yil 7-8-iyul kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o`qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo`lib o`tdi.

Test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, xitoy, yapon, koreys, turk, arab va fors tillaridan A2, B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo`yicha o`tkazildi.

Unda jami 608 nafar talabgordan 510 nafari ishtirok etdi, 98 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko`nikmasini baholash imtihonlari 9-10-11-iyul kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan edi. Ammo karantin sabab ushbu imtihonlarning taqdiri nima bo`lishiga hozircha aniqlik kiritilmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1