1

Koronavirus oqibatida navoiylik 52 yoshli erkak vafot etdi

Jamiyat 08.07.2020, 23:10
Koronavirus oqibatida navoiylik 52 yoshli erkak vafot etdi

Koronavirus oqibatida navoiylik 52 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Navoiy shahrida yashovchi 52 yoshli B.A. (erkak) joriy yil 30 iyun kuni tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga “COVID-19” infeksiyasiga gumon bilan olib kelingan.

Unga “COVID-19”, ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning o`ta og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligining 3-4-darajasi, o`tkir bosh miya va o`pka shishi asoratlari bilan kechgan.

Bemor bundan avval gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya, semizlikning 4-darajasi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi, o`tkir bosh miya va o`pka shishi oqibatida vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1