Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlar ro`yxati tasdiqlandi

Jamiyat 09.07.2020, 05:39
Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlar ro`yxati tasdiqlandi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan e`tiboran respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini cheklash bo`yicha yangi tartib joriy etilmoqda. Qaror bilan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro`yxati tasdiqlandi.  

Mazkur ro`yxatga quyidagilar kiritilgan:

* Sog`liqni saqlash tizimidagi hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko`rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari.

* Farmasevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiy buyumlar) ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.

*  Fuqarolarga kechiktirib bo`lmaydigan tez tibbiy yordam ko`rsatish (homiladorlik, tug`ruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko`rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo`lganda, inson hayotiga xavf tug`dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog`liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari.

*  Yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanish lisenziyasiga ega bo`lgan yo`nalishsiz taksilarga.

 

Bunda:  

- yo`lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o`rindig`i yo`lovchilar o`rindig`idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to`silgan bo`lishi kerak;  

- haydovchi va yo`lovchi tibbiy niqobda bo`lishi (tibbiy niqobsiz yo`lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;  

- yo`lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o`rindig`iga o`tkazilishi hamda faqat o`z (avtotransport vositasi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan) hududida harakatlanishi shart.

 

*Etkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalari.

* Kommunal xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar – gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti, sovuq suv, suv oqava va chiqindi tashishning maxsus avtotransport vositalari.

*  Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari bo`yicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasining xizmat avtotransport vositalari.

* Vazirliklar, davlat qo`mitalari, agentliklar, boshqa davlat organlari, xo`jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ommaviy axborot vositalarining xizmat avtotransport vositalari.

*  Markaziy bank va uning hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklarining xizmat avtotransport vositalari.

*  “Respublika inkassasiya xizmati” DUK xizmat avtotransport vositalari.

*  Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “M” va “X” davlat raqami belgilariga ega bo`lgan avtotransport vositalari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, Tashqi ishlar vazirligida akkreditasiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining avtotransport vositalari (xizmat guvohnomasini ko`rsatgan holda).

* Aloqa xizmatlarini ko`rsatuvchi tashkilotlar, “O`zbekiston pochtasi” AJ, “O`zbektelekom” AK va uning tashkilotlari hamda “O`zinfokom” yagona integratori” MChJga tegishli xizmat avtotransport vositalari.

* N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xo`jaligi texnikalari.

* “Toshshahartransxizmat” AK tarkibiga kiruvchi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari.

* Yo`l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.

* Dafn marosimlarida xizmat ko`rsatuvchi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini ko`rsatish maqsadida).

* Mavsumiy qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etkazib beruvchi M1 (bir nafar yo`lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari.

Mavzuga doir:

Avtotransport vositalari harakati bo`yicha cheklovlar tasdiqlandi: jamoat transportlari to`xtatiladi, stikerli mashinalarning harakat vaqti beligilandi

10 iyuldan taksilarga faqat maxsus talablar asosida ruxsat berilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1