AsosiyDunyo

Elizaveta IIning 90 yoshli yubileyiga chiptalar sotuvi yo`lga qo`yildi

Buyuk Britaniyada  qirolicha  Elizaveta II 90 yoshga to`lishi munosabati bilan uyushtiriladigan bayram tantanalariga chiptalar sotish boshlandi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”

Bayram tantanalari 2016 yilning 12-15 may kunlari Vindzor qasrida o`tkaziladi.  Kechaga tashrif buyurgan mehmonlar  xonandalar va raqqosalar, aktyor, aktrisalar san`atidan bahramand bo`lishlari mumkin. Tantanada 1,5 mingta san`at vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Britaniya qirollik oilasi a`zolari  barcha bayram tantanalarida ishtirok etishadi, qirolichaning o`zi esa  ITV telekanali orqali to`g`ridan to`g`ri efirga uzatiladigan so`nggi shougagina tashrif buyuradi. Tashkilotchilarning so`zlariga ko`ra, bayram tantanalari yuqori darajada o`tishi uchun hozirdan tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Birinchi uch kun tantanalri uchun chiptalar narxi  55 -165, tantanalarning oxirgi kuni uchun esa 75-195 funt sterlinggacha deb baholangan. Umumiy hisobda 25 mingta chipta sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. 

    Boshqa yangiliklar