1

Navoiyda 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 10.07.2020, 09:40
Navoiyda 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurbonini ma`lum qildi.

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi 55 yoshli J.O`. (erkak kishi) 6 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan, shu kuni Zarafshon shahridagi shifoxonaning reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas etishmovchiligining 3-darajasi tashxisi qo`yilgan. U gipertoniya kasalligi, arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, semizlik kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.  

Kasallik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka arteriyasi tromboemboliyasi asorati bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1