1

Toshkentda rekord darajada aholi orasida koronavirus aniqlandi

Jamiyat 10.07.2020, 17:01
Toshkentda rekord darajada aholi orasida koronavirus aniqlandi

2020 yil 10 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 857 (+134) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi. 

Yangi kasallanish holatlarining 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 7 335 (+48) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (shundan 38 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Toshkent shahridagi 3-son tug`ruq majmuasida) sog`aydi.

 Hozirda mamlakatimizda 4 469 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1