AsosiyShou-biznes

Estrada xonandalaridan birining lisenziyasi qaytarildi

Asli ismi Esmeralda Raxmatova bo`lgan, Tamila taxallusi bilan ijod qiluvchi xonandaning lisenziyasi qaytarildi.

Bu haqda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi matbuot xizmati xabar berdi. Xonandaning lisenziyasi joriy yilning iyul oyida lisenziya bitimida nazarda tutilgan shartlar va talablarini buzganligi uchun muddatidan oldin to`xtatilgan edi.

Bundan tashqari, “O`zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan xonandaning bir nechta kliplaridagi hatta-harakatlari qoralangan edi.

Darvoqe, bugun 25 noyabr kuni Tamila va xonanda Shohruz ijrosidagi “Bekatlar” nomli dueti radiostansiyalarda taqdim etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar