AsosiyJamiyat

Kitob tumani markaziy shifoxonasida yotgan bemorlarda koronavirus aniqlanmagan

'Kitob tumani markaziy shifoxonasida yotgan bemorlarda koronavirus aniqlanmagan'ning rasmi

Bir - ikki kundan buyon tuman ahli o`rtasida turli mavhum fikrlar bilan tarqalgan mish - mishlar asossiz. Bu haqda Kitob.uz xabar berdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hozirgina bergan rasmiy ma`lumotiga ko`ra Kitob tumani markaziy shifoxonasining umumiy davolash (terapiya) bo`limida yotgan bemorlarda hech qanday koronavirus kasalligi aniqlanmagan.

Kasallikka gumonlanib, testlarini tahlil uchun jo`natilgan bemorlarning tahlil natijalari manfiy chiqqan.

Ammo tumanda Sog`liqni saqlash vazirligining 176-sonli buyrug`iga asosan COVID - 19 infeksiyasi borligiga gumonlanib, tekshirilganda musbat natija berganlar bor. Ularda kasallik simptomsiz kechib, ayni kunlarda uyda davolanishyapti. Bu bemorlar to`liq nazoratda bo`lib, hozirda aksariyati tuzalib yana sog`lom turmush tarziga qaytgan.

Yana bir ochiq ma`lumot shuki, tumanda istalgan vaqtda koronavirus bilan og`rigan kishi aniqlanmasligiga hech qanday kafolat yo`q. Biroq bu vahimaga berilish uchun asos bo`lmaydi.Turli mish - mishlar tarqatish va unga ishonish bu  masalaning to`g`ri echimi emas.

Shuning uchun, etti yoshdan etmish yoshgacha bo`lgan barcha tumandoshlarimiz o`z salomatliklarini asrash uchun sababsiz ko`chaga chiqmasliklari, karantin talablari hamda sanitariya - gigiena qoidalariga amal qilishlari  maqsadga muvofiq bo`ladi, deyiladi xabarda.

ESLATMA : Tuman markaziy shifoxonasining umumiy davolash(terapiya)bo`limi ochiq va doimgidek karantin talablari asosida odatiy ish kuni davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar