AsosiySport

Bugun dunyoga mashhur o`zbek futbolchisining tavallud ayyomi

Bugun dunyoga mashhur futbolchi, O`zbekiston terma jamoasining eng qimmat futbolchisi, hamyurtimiz Odil Ahmedovning tavallud topgan kuni.

Bu haqda aktyor va xalqaro toifadagi yurist Otabek Mahkamov o`zining Instagram'dagi sahifasida xabar qoldirgan. 

"Hurmatli Odil, biz sen bilan anchadan beri do`stmiz. Men seni va oila a`zolaringni juda hurmat qilaman. Senga va oila a`zolaringga mustahkam sog`lik, oilaviy hotirjamlik tilayman. Doim g`alabalar cho`qqisida bo`lgin!", deya tabrik qoldirdi Otabek Mahkamov.

Bugun yarim himoyachi 28 yoshni qarshi oldi.

Fursatdan foydalanib, "Darakchi" gazetasi tahririyati ham Odil Ahmedovni tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi! 

    Boshqa yangiliklar