1

Buxoroda Xalq qabulxona vakillari hamda deputatlar o`rtasida o`ziga xos hamkorlik tizimi yaratildi

Jamiyat 13.07.2020, 16:26
Buxoroda Xalq qabulxona vakillari hamda deputatlar o`rtasida o`ziga xos hamkorlik tizimi yaratildi

Buxoro viloyatida Xalq qabulxonasi bilan siyosiy partiyalar, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlar o`rtasida o`ziga xos hamkorlik tizimi yaratildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Qudratovning ta`kidlashicha, bu tizimga muvofiq, Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar asosida deputatlar o`zlari saylangan okrugdagi mavjud muammolar haqida ma`lumotlarga ega bo`lib borishmoqda.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun barcha deputatlar va Xalq qabulxonasi xodimlaridan iborat internet guruhi tashkil qilindi. Mazkur guruh orqali deputatlar har bir murojaatdan elektron tarzda xabardor qilinyaptilar. Xabarda murojaatchi, uning yashash manzili va telefon raqami, ariza mazmuni hamda ijrochi tashkilot to`g`risida ma`lumotlar bor. Mazkur xabar bo`yicha tushgan dalillar asosida deputatlar ijrochi tashkilot bilan hamkorlikda o`z vakolatlari doirasida murojaatni hal qilish, o`rganish jarayonlarida ishtirok etishyapti.

Misol uchun, Vobkent tumanida yashovchi fuqaro H.Fatullaevning uy-joyini ta`mirlashda amaliy yordam so`rab Prezident Xalq qabulxonasi qilgan murojaati tuman Xalq qabulxonasi mudiri M. Mustafoev, Xalq deputatlari tumani kengashi deputatlari O`.Boboqulov hamda M.Halimovlar hamkorligida o`rganilib, H.Fatullaevga qurilish materiallari olib berilib, hashar yo`li bilan uy-joylarini ta`mirlab berish choralari ko`rildi. 

Ma`lum qilinishicha, Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 6 mingga yaqin murojaatning 70 foizi Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qanoatlantirildi.

Yana bir yaxshi tajriba xususida.Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyasida har bir deputatga o`n nafardan ishsiz yoshlar biriktirilib, yil davomida ularni ishga joylashtirish topshirildi. Shu tariqa deputatlar yoshlarni otaliqqa olib, ularga yo`l-yo`riq ko`rsatmoqdalar,ishsizlarning doimiy daromad manbaiga ega bo`lishlarida ko`maklashmoqdalar.

Bugungi sinovli kunlarda deputatlar xayr-saxovat ishlari bilan ham shug`ullanmoqda.Shu bilan birga ishsiz qolgan aholini o`ylab, qo`shimcha ish o`rinlari yaratmoqda. Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati, «Shohrud» hissadorlik jamiyati rahbari Nodir Hamdamov ana shunday insonlardan biri. U yana bir ezgu ishga qo`l urdi. «Saxovatlimiz, ish o`rni yaratamiz!» aksiyasi doirasida ish o`rnini yo`qotgan 25 nafar kishining bandligini ta`minladi.

U bunga ayni sinovli kunlarda antiseptik vositalar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish orqali erishdi. Deputat yaqin kelajakda kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan ta`minlash niyatida.

Oliy Majlis Senati a`zosi, «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» mas`uliyati cheklangan jamiyat rahbari Nurmuxamed Achilov ham mana shunday saxovatpesha tadbirkorlarimizdan. U viloyatimizning chegara hududi bo`lmish Olot tumanida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 1849 ta oilani o`z otalig`iga oldi. Ushbu oilalarning jismoniy mehnatga qobiliyatli bo`lgan vakillarini ish bilan ta`minlanmoqda. Aniqrog`i, «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» MChJga qarashli bog`ning qator orasiga sabzavot va poliz ekinlarini ekish orqali ham oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligining oldi olinmoqda, ham ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari daromad manbaiga ega bo`lishmoqda. Shu oilalarning mehnat qilish imkoniyati cheklangan vakillarini esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash mas`uliyatini Nurmuhamed Achilov o`z elkasiga olgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1