AsosiyJamiyat

Yana bir toshkentlik bemor koronavirus oqibatida vafot etdi

'Yana bir toshkentlik bemor koronavirus oqibatida vafot etdi'ning rasmi

SSV ma`lum qilishicha Toshkent shahrida yashovchi 60 yoshli B.E. (erkak) joriy yil 6 iyul kuni ertalab qon bosimi yuqori bo`lib, gapirmay qo`yganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.  

Unda “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va bemor o`ta og`ir ahvolda sun`iy nafas olish apparatiga ulangan holda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o`tkazilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasi og`ir kechishi hamda insult tashxisi qo`yilgan. Xastalik miya shishi, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi hamda koma asoratlari bilan kechgan.  

Shuningdek, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham og`rigan.Bemor bundan avval, bir necha yillardan buyon gipertoniya, qandli diabet bilan og`rigan, 2019 yilda insultni o`tkazgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar, jumladan, Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar