1

Toshkentda bir necha soat ichida 231 ta kasallanish holati aniqlandi

Jamiyat 14.07.2020, 00:13
Toshkentda bir necha soat ichida 231 ta kasallanish holati aniqlandi


2020 yil 13 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13591 (+231) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 231 nafari Toshkent shahrida (shundan 146 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 85 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 164 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar, jami 178 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 8030 (+178) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 5498 nafar bemor shifoxonalarda davolanmoqda. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1