1

Bu hafta o`zbekistonliklar haqiqiy yoz issig`ini his qiladilar. Ob-havo

Jamiyat 14.07.2020, 05:36
Bu hafta o`zbekistonliklar haqiqiy yoz issig`ini his qiladilar. Ob-havo

Bugun va haftaning oxirigacha O`zbekiston hududidagi ob-havoni atmosferadagi past bosimli maydon belgilaydi. Bunday holat uchun odatda chilla davrida kuzatiladigan juda issiq havo xosdir, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.

Iyunning oxirida va iyulning boshida kuzatilgan nisbatan qulay haroratlardan so`ng mamlakatimiz aholisi bu haftada respublikaga Turkmanistondan kiradigan haqiqiy yoz issig`ini his qiladilar.

Shu kunlarda harorat kechasi 21-24 daraja, kunduzi 37-40 daraja atrofida bo`ladi, respublika shimoli, janubi va cho`l zonasida 42 darajagacha ko`tariladi.

Bu yoz avji uchun xos bo`lgan me`yoriy ko`rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqoridir, biroq bunday haroratlar bizda deyarli har yili kuzatiladi.

Mamlakatning butun tekislik qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog`li va tog`oldi hududlarda 13 iyuldan 15 iyulgacha davrda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor, yog`ingarchilik asosan kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlar rivojlanganda kuzatilishi mumkin.

Respublika bo`yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi hamda chang ko`tarilishi mumkin.

Bugun:

Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 37-39° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 37-42° bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 37-42° bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 35-40° bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 37-42° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, tog` oldi va tog` hududlarning ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1