1

O`zbek kino san`ati og`ir judolikka uchradi

Jamiyat 14.07.2020, 08:48
O`zbek kino san`ati og`ir judolikka uchradi

Bugun o`zbek san`atida yana bir san`at arbobi, o`zining takrorlanmas rollari bilan butun kino va teatr ixlosmandlarining yuragidan joy olgan O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan Artist Abdurayim Abduvaxobov olamdan o`tdi.

Abduraim Abduvahobov 1963 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan.

O`zbekistonliklar uni "shum bola"dan tashqari "Suyunchi"dagi "propesor" sifatida ham yaxshi bilishadi.

U "Tojikfilm" studiyasida tasvirga olingan "Jo`ra ovchi" filmida ham rol o`ynagan.

Abduraim Abduvahobov Toshkentdagi teatr va rassomchilik oliygohini tugatgan.

Jamiyatda "teatr o`ldimi?" degan bahslar boshlangan paytda dramaturg Erkin Xushvaqtovning "Chimildiq" spektakli sobiq Hamza Akademik teatri, hozirgi Milliy Akademik drama teatrida sahnalashtirildi, tomoshabin ko`pligidan Toshkentda bu spektaklga chipta topish qiyin bo`lib qoldi.

Abduraim Abduvahobov "Chimildiq"dagi asosiy obrazlardan biri kuyov rolini o`ynagan.

Biz ham tahririyat nomidan sevimli aktyorning oila a`zolariga hamdardlik bildiramiz.

Eslatib o`tamiz, bundan avvalroq, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Hoshim Arslonov kasallikka chalinib, vafot etgan edi.

Sharhlar

Меҳмон 14.07.2020, 07:58
охрати обод, рухищод, жойи жаннатда бўлсин!!! рахматли талантли актиёрлардан эди
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1