Rossiyada o`zbekiston fuqarolari ishtirokida katta mojaro yuz berdi

Jamiyat 14.07.2020, 11:26
Rossiyada o`zbekiston fuqarolari ishtirokida katta mojaro yuz berdi

O`zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi 2020 yilning 13 iyul kuni Rossiya Federasiyasi Amur viloyati Svobodny tumanidagi «Renaissance Heavy Industries» kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida yuz bergan hodisani nazoratga oldi.

Mazkur masala bo`yicha Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlari bilan muntazam muloqot olib borilmoqda.

Bo`lib o`tgan hodisa tafsilotlarini aniqlash hamda O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta`minlash maqsadida voqea joyiga Elchixona Bosh konsuli etib bordi.

Elchixona rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda mojaroni keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni o`rganish, muammoning barcha tomonlar uchun maqbul bo`lgan echimni topish bo`yicha ish jarayoni va natijalari haqida qo`shimcha axborot beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1