AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi shartnoma shartini bajarmayotgan avtosalondan iste`molchiga "Damas Labo” olib berildi

'Qashqadaryodagi shartnoma shartini bajarmayotgan avtosalondan iste`molchiga "Damas Labo” olib berildi'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Olmazor MFY, Qoratelpak ko`chasida yashovchi fuqaro Otajon Qurbonov tomonidan  murojaat qilindi.  Bu haqda federasiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda ta`kidlanishicha, shu yilning 31 yanvar kuni Qarshi shahrida joylashgan “AVTO-CENTRE-QASHQADARYO”  MChJ bilan, turmush o`rtog`i Shahnoza Mahmayusupova nomiga “Damas Labo” avtomashinasi sotib olish to`g`risida shartnoma tuzganligi, shartnomaga ko`ra avtomashinaning narxi 71 million so`m bo`lib, ushbu summaning 85 foizi miqdorida to`lovni oldindan amalga oshirganligi, biroq MChJ tomonidan shartnomada belgilangan muddatda transport vositasi etkazib berilmaganligini bildirgan.

Mazkur murojaat Federasiyaning Qarshi shahar ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan o`rganilganda,  MChJ mas`ullari avtomashinani muddatida etkazib bermasdan shartnoma shartlarini buzganligi holati aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan shartnoma shartlarini buzgan sub`ektga tegishli ma`lumotlar kiritildi va Federasiya xodimlarining aralashuvi bilan fuqaro Sh. Mahmayusupovaga transport vositasi etkazib berilishi ta`minlandi.

 

    Boshqa yangiliklar