Ispaniya chempionatining 37-turidan o`rin olgan “Real” – “Vilyarreal” uchrashuvi o`z yakunigi etdi.
Unda mezbonlar g`alaba qozondi. Madridliklar safi Karim Benzema dubl qayd etgan bo`lsa, mehmonlarning javob to`piga Iborra muallif bo`ldi.
Shu tariqa, “Real” ochkolarini 86 taga etkazib oldi va muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu “Qirollik klubi” uchun 34-chempionlik bo`ldi.
La Liga, 37-tur
Real Madrid – Vilyarreal 2:1
Gollar: 1:0 – 29 Benzema, 2:0 – 77, penalti Benzema, 2:1 – 83 Iborra.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Karvaxal (Vaskes, 84), Kazemiro, Modrich (Isko, 85), Azar (Asensio, 62), Kroos (Valverde, 85), Rodrigo (Vinisius Junior, 62), Benzema.
Vilyarreal – Asenxo, Pau Torres, Kintilya, Shakla, Penya (Soriano, 46), Moyses Gomes (Kasorla, 63), Zambo-Angissa (Trigeros, 82), Morlanes (Iborra, 63), Chukvueze (Ontiveros, 46), Mario Gaspar, Jerar Moreno.
Ogohlantirishlar: Shakla (18), Karvaxal (54), Modrich (62), Kintilya (68), Isko (86).






