AsosiyJamiyat

XTV ota-onalar uchun muhim xabar e`lon qildi

'XTV ota-onalar uchun muhim xabar e`lon qildi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi ota onalar e`tiboriga muhim xabar e`lon qildi. 

"Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan joriy yilning 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo`nalishsiz taksilarning harakati to`liq to`xtatiladi.

Qabul.maktab.uz orqali umumta`lim maktabi 1-sinfiga hujjat topshirish uchun joriy yilning 18 iyul va 25 iyul (shanba) kunlariga qabulga yozilgan ota-onalarning qabul kuni muvofiq ravishda 20 iyul va 27 iyul (dushanba) kuniga ko`chiriladi.  

Bu haqda mazkur kunlarda qabulga yozilgan ota-onalarning yozib qoldirgan telefon raqamlariga tegishli sms xabar yuboriladi.Qabul kunlari grafigi muvofiq tarzda dushanbadan jumaga qadar o`zgartiriladi" deb yoziladi xabarda. 

Ma`lumot uchun: Hozirgi kunda onlayn qabulga yozilgan ota-onalar soni jami – 18 mingni tashkil etadi, shundan 8 ming nafari tizim orqali maktabga qabul qilingan. 

    Boshqa yangiliklar