AsosiyJAMIYAT

Qashqadaryo viloyati hokimi yangi qurilayotgan zavodga bordi. Qurilishda ishlayotgan 100 ziyod ishchida koronavirus aniqlangan

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev G`uzor tumanida barpo etilayotgan, sintetik suyu...

'Qashqadaryo viloyati hokimi yangi qurilayotgan zavodga bordi. Qurilishda ishlayotgan 100 ziyod ishchida koronavirus aniqlangan'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev G`uzor tumanida barpo etilayotgan, sintetik suyuq yonilg`i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Uzbekistan GTL” zavodida koronavirusga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar va qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligining axborot xizmati xabar berdi. 

"Kun.uz" yozishicha, 8 iyul kuni ushbu zavodning qurilish ishlarida ishlayotgan 127 kishida koronavirus aniqlangan. 

Oradan 10 kun o`tib, viloyat hokimi ishirokida zavodning o`zida brifing tashkil etildi. Unda hokim Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurashda 5 280 nafar tibbiyot xodimlari jalb qilinganini aytgan. Shuningdek, nafaqaga chiqqan, avval tibbiyot sohasida, harbiy sohada ishlagan tajribasi bor virusolog, infeksionistlar zaxiraga tayyorlash maqsadida ro`yxat qilinayotganini qo`shimcha qilgan.

Shuningdek, Mirzaev intervyu chog`ida ayni damda viloyatdagi "Saxovat va ko`mak" jamg`armasida 4,2 milliard so`m pul borligini va oxirgi bir kunda jamg`armaga homiylar tomonidan 56 million so`m pul tushganini, bu bilan viloyatda yordamga muhtoj odamlarning moddiy so`rovlarini qanoatlantirish imkoni borligini ma`lum qilgan.

Ma`lumot uchun, Qashqadaryoda ayni damgacha 409 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 318 nafari tuzalgan. Kecha bir kun davomida viloyatda 42 kishi virusdan tuzalgan.

    Boshqa yangiliklar