AsosiySport

Uch klubning o`ndan ortiq futbolchilari koronavirus bilan kasallangan. O`zbekiston Superligasining keyingi turi qoldirildi

'Uch klubning o`ndan ortiq futbolchilari koronavirus bilan kasallangan. O`zbekiston Superligasining keyingi turi qoldirildi'ning rasmi

O`zbekiston Superligasining uch klubi — “Paxtakor”, “Buxoro” hamda “Surxon”da umumiy hisobda o`ndan ziyod virus yuqtirib olgan futbolchilar bor. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati​ ma`lum qildi.

Mazkur holat Superliga uchrashuvlarini qayta tiklash oldidan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi bilan kelishilgan yo`riqnoma shartlariga klublar tomonidan rioya qilish sustlashganini anglatadi.

O`zPFL yuqoridagi fikrlardan, qolaversa, kecha — 20 iyul kuni klublar ishtirokida bo`lib o`tgan videokonferensiya xulosalaridan kelib chiqib, quyidagi qarorlarni qabul qiladi.

Superliga uchrashuvlari 28 iyulga qadar to`xtatiladi va shu kuni chempionat 10-turdan boshlab davom ettiriladi. Taqvimning keyingi ehtimoliy ko`rinishlari alohida muhokama etiladi. TV dasturlar vaqtiga halal bermaslik maqsamida 10-tur uchrashuvlarining barchasi 19:00 da start oladi.

Unga qadar Superliganing barcha klublari bor diqqat-e`tiborini futbolchilar salomatligiga qaratadi. Klublarning barchasi xususiy klinikalar bilan hamkorlikda test topshiradi. Bunda O`zPFL o`zi ro`yxatdan o`tkazgan barcha futbolchi va murabbiylar test topshirganiga ishonch hosil qilishi kerak bo`ladi. Test javoblarini to`liq taqdim etmagan klublar qolgan jamoalar futbolchilar salomatligini xavf ostida qoldirmaslik uchun musobaqaga qo`yilmaydi.

Test topshirgan va uning natijalariga ko`ra virus aniqlanmagan futbolchilar klub qarorgohiga joylashtiriladi. Ular karantin tartibi yumshatilguniga qadar mashg`ulotlar va o`yinlarga o`z bazalaridan qatnaydi. Boisi, ularning shahar bo`ylab erkin harakat qilishi, futbolchilar salomatligini, buning ortidan esa chempionat o`yinlari davomiyligini xavf ostida qoldirishi mumkin.

O`zPFL avgust oyidagi uchrashuvlarni qanday tashkil qilish va taqvimga qanday o`zgartirishlar kiritish ustida ish olib boradi. Shuningdek, o`z ishiga sovuqqonlik bilan yondoshgan klublar direktorlari, bosh murabbiylari hamda shifokorlariga nisbatan keskin choralar ko`riladi. Virus tarqalishini sun`iy ravishda sir tutayotgan klublarga nisbatan SEOA bilan hamkorlikda ish ochiladi.

 

    Boshqa yangiliklar