AsosiySport

"Oltin to`p" bu yil hech kimga berilmaydigan bo`ldi

'"Oltin to`p" bu yil hech kimga berilmaydigan bo`ldi'ning rasmi

France Football nashri 2020 yili "Olti to`p" sovrini hech kimga topshirilmasligini e`lon qildi.

Nashr buni COVID-19 pandemiyasining tarqalishi oqibatida adolatli ravishda sovrin topshirish uchun imkoniyatlar yo`qligi tufayli shunday qarorga kelgani bilan tushuntirdi.

"Biz ushbu sovrinning ostida "ushbu sovrin koronavirus inqirozida qo`lga kiritilgan" degan yulduzcha bilan ta`rif bilan topshirilishini istamadik.

Ushbu nufuzli sovrin egasini topishda o`yinchilarning statistikasini aniqlash kabi ishlarda adolat bo`lmagini eng muhim sabab. Futbolchilarni bir xil baxolash kerak emas, chunki ayrimlari uchun mavsum birdaniga yakunlanib qoldi", - deyilgan France Football nashrida.

Ushbu sovrinning asos solingan 1956 yildan buyon ilk marotaba o`z egasini topgani yo`q. 2010 yildan 2015 yilgacha sovrin FIFA nomi ostida topshirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar