Belgiyada ilmiy tadqiqot olib borayotgan vatandoshimiz o`zbekistonlik talabalar uchun onlayn darslarini yo`lga qo`ydi. Bu haqda Oliy ta`lim vazirligi xabar berdi.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tashabbusi bilan karantin sharoitida talaba-yoshlarga zamonaviy bilimlarni olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida xorijning nufuzli universitetlarida ilmiy va pedagogik faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan hamkorlik olib borilmoqda.

Belgiya Qirolligi Antverpen universitetida postdoktoranturada ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug`ullanayotgan vatandoshimiz kimyo fanlari doktori Jamoliddin Razzoqov o`z mehnat faoliyatidan vaqt ajratib, o`zbek yoshlari uchun biokimyoviy va biofizikaviy jarayonlarni kompyuterda modellashtirishni o`rgatishni boshladi.
Kompyuterda modellashtirish bugungi kunda zamonaviy ilmlardan biri hisoblanadi. Biologiya, kimyo, fizika va tibbiyot yo`nalishida tahsil oladigan va yuqoridagi sohalarga qiziquvchi talabalarga xorijdagi vatandoshimiz darslarini kuzatishni tavsiya qilamiz.
👉 Telegram: https://t.me/comp_sim_uz
👉 Youtube: http://cc.uz/16618






