2020 yil 22 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 379 (+55) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 102 nafar, Andijon viloyatida 112 nafari, Namangan viloyatida 61 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Farg`ona viloyatida 14 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar hamda Jizzax viloyatida 3 nafar, jami 351 nafar bemor tuzaldi, deb yozdi SSV.
Shunday qilib yurtimizda 9 872 (+351) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 409 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






