AsosiyJamiyat

Tezkor! Buxoroda qurilish kanalizasiyasida bir-birini qutqarib qolish ortidan 3 ishchi halok bo`ldi, yana biri og`ir ahvolda

'Tezkor! Buxoroda qurilish kanalizasiyasida bir-birini qutqarib qolish ortidan 3 ishchi halok bo`ldi, yana biri og`ir ahvolda'ning rasmi

Bugun, 24 iyul kuni taxminan soat 11:00 larda “Buxoro maxsus suv ko`rilish” MChJ xodimlari Buxoro viloyati, Buxoro shahar A.Jomiy ko`chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko`p qavatli uylarning kanalizasiya quvurlarini shaharning asosiy kanalizasiya tizimiga ulash ishlarini olib borayotgan vaqtida fojia yuz berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

 Ishchilar 47 yoshli A.K. va 45 yoshli S.B., quvurlarni montaj qilish jarayonida kanalizasiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanishlari oqibatida sog`ligining yomonlashganligi sababli hushidan ketgan. Ularning sherigi 27 yoshli Z.Sh., ularga yordam berish maqsadida kanalizasiya quvuriga tushgan vaqtida u ham kanalizasiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib hushidan ketgan. Uni ko`rib, ularning yana bir sherigi 41 yoshli S.A., yordam berish maqsadida ushbu quvurga tushib zaharlanishdan hushidan ketgan. Atrofda to`plangan aholi tomonidan faqatgina S.A.,gina qutqarib qolingan bo`lib, uning sheriklari 47 yoshli A.K., 45 yoshli S.b. va 27 yoshli Z.Sh.,lar esa hodisa joyida kanalizasiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib vafot etgan.

Hozirda fuqaro S.A., shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyiga tergov guruhi chiqib, voqea joyini ko`zdan kechirib, tergov oldi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.

 

    Boshqa yangiliklar