Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda ispaniyalik mutaxassisning o`zi Instagram’dagi sahifasida ma`lum qildi.

«Mavsum qayta boshlanganida jamoa bilan birga bo`lolmayman. Mening o`rnimni David Pras egallaydi. Men bir necha kun oldin koronavirus uchun topshirgan testim ijobiy chiqdi. Shukurki, o`zimni yaxshi his qilyapman, ammo virusdan to`liq xalos bo`lmagunimcha, qoidalarga rioya qilishim kerak bo`ladi», – deb yozadi Xavi.
Qayd etish joiz, 25 iyul, shanba kuni «As-Sadd» Qatar chempionati doirasida «Al-Xor»ga qarshi maydonga tushadi.
Ma`lumot uchun, Xavi 2019 yildan beri mazkur klubda murabbiylik qiladi.






