AsosiySPORT

“Zenit”chilar taqdimot paytida Rossiya kubogini sindirib qo`ydi (foto)

Rossiya kubogi uchun kecha Ekaterinburgda o`tkazilgan “Ximki” va “Zenit” o`rtasidagi uchra...

'“Zenit”chilar taqdimot paytida Rossiya kubogini sindirib qo`ydi (foto)'ning rasmi

Rossiya kubogi uchun kecha Ekaterinburgda o`tkazilgan “Ximki” va “Zenit” o`rtasidagi uchrashuvda Peterburg futbolchilari mezbonlarni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, Rossiya kubogini qo`lga kiritdi.

Uchrashuv yakunida zenitchilarga tantanali ravishda topshirilgan Rossiya kubogini futbolchilar qo`ldan qo`lga ulashishda erga tushirib yuborishdi. Oqibatda kubokning ust qismi uzilib tushdi. Bu haqda sportmail.ru xabar berdi.

Bevosita uchrashuv haqida aytadigan bo`lsak, “Zenit” uchun qimmatli bo`lgan yagona golni Artyom Deyuba 84 daqiqada “Ximki” darvozasiga jarima to`pi hisobiga kiritdi.

2019-2020 yilgi Rossiya futbol mavsumida “Zenit” mamlakat premer ligasining g`olibi bo`lish bilan birga Rossiya kubogiga ham ega chiqdi. Xuddi shunday sharafga “Zenit” 2010 yilda ham musharraf bo`lgan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar