AsosiyJamiyat

Koronavirusning yangi belgisi ma`lum bo`ldi

'Koronavirusning yangi belgisi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Eshitish pasayishi-koronavirusning yangi kashf etilgan belgisi  hisoblanmoqda. 

Jons Xopkins universiteti olimlari so`nggi tadqiqotlarida Eshitish pasayishi koronavirus alomatlaridan biri ekanligini aniqladilar.

Koronavirus paydo bo`lganidan beri turli alomatlarni ko`rsatdi, ularning eng keng tarqalgani isitma , yutal, tanadagi og`riqlar, ta`m va hidning yo`qolishi bo`lib, ularning har biri to`liq davolanishgacha davom etadi. Endi ushbu sohadagi olimlarning so`nggi tadqiqotlarida bu virusning yangi belgisi topildi.

Jons Xopkins universiteti tadqiqotchilari virus nafaqat burun va tomoqqa, balki bosh suyakning mastoid suyaklariga ham yuqishi mumkinligini isbotladilar.

Ularning ishlarida koronavirusdan vafot etgan 80 yoshli ayol va 60 yoshli ikki erkak ustidan tadqiqot olib borishdi. Tadqiqotda ular chap va ung o`rta quloqlarida virus borligini aniqladilar.

Namuna hajmini o`rganish uchun juda oz bo`lsa ham, ammo topilmalar quloqdagi muammolar, jumladan eshitish qobiliyatini qo`ldan boy berish  koronavirusning belgisi bo`lishi mumkinligini ko`rsatmoqda.

Universitet tadqiqotchilarining ta`kidlashicha, tirik bemorlarda mastoid suyagi va o`rta quloqni virus blakirovka qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar