O`zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi importi hajmini oshirdi. Bu haqda “O`zbekiston MET” AJ axborot xizmati xabar qilmoqda.
“27 iyul kuni soat 01:35 vaqti bilan Turkmanistondan elektr energiyasi import hajmi oshirildi. Hozircha 500 kVli Qorako`l–Serdar havo tarmoqlari orqali O`zbekistonga 80 MVt quvvat etkazib berilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ta`kidlanishicha, kun davomida etkazib beriladigan quvvat hajmi 200 MVtgacha etkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq bir nechta omillar sababli elektr ta`minoti tizimiga ma`lum miqdorda cheklovlar kiritilishi xabar qilingan edi.
Ma`lum qilinishicha, o`tgan haftaning shanba va yakshanba kunlari energetika tizimida iste`molni cheklash holatlari kuzatilmagan. Turkmanistondan elektr energiyasi importining boshlanishi mamlakatda ishlab chiqarilayotgan asosiy elektr energiyasiga qo`shimcha ravishda yangi haftaning ish kunlarida ham iste`molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlash imkonini beradi.