AsosiyJamiyat

"Suv bu — obi hayot" Ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqqan dars o`tayotgan o`qituvchi bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi (video)

'"Suv bu — obi hayot" Ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqqan dars o`tayotgan o`qituvchi bo`yicha rasmiy munosabat bildirildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizg`in muhokamalarga sabab bo`lgan,  "Suv bu — obi hayot"  deya onlayn dars o`tayotgan o`qituvchining lavhasi mas`ullar nazaridan ham chetda qolmadi.

 

 

 Xalq ta`lim vazirgili vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

"Bugun ijtimoiy tarmoqlarda notanish ayol o`zini "dars o`tayotgan" jarayonini telefoniga suratga olayotgan vaqtda unga halal bergan bolaga qo`pol so`z bilan baqirgani aks etgan video rolik tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Internet foydalanuvchilari tomonidan bu ayolning go`yoki maktab o`qituvchisi ekanligi aytilib, o`qituvchining sha`niga dog` tushiradigan turli roliklar tayyorlanib tarqatilmoqda.

Xalq ta`limi vazirligi xalq ta`limi tizimida bunday o`qituvchi faoliyat yuritmasligini rasman ma`lum qiladi. Internet foydalanuvchilariga esa  o`qituvchilarni behurmat qiladigan turli roliklarni tayyorlab tarqatish o`rniga, bolalarda ustozga hurmat hissini uyg`otadigan videolarni suratga olish tavsiya etiladi" deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar