AsosiyJamiyat

Koronavirus yuqqanini qanday bilish mumkin?

'Koronavirus yuqqanini qanday bilish mumkin?'ning rasmi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Habibullo Oqilov ushbu savolga javob berdi:

Agar shaxs oxirgi ikki xafta mobaynida koronavirus bilan zararlangan bemor bilan bevosita muloqotda bo`lgani aniqlansa, unda ham kasallikning engil shakli o`tayotgan bo`lishi ehtimoli bor.  

Bunda quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:  

*Tana harorati normal bo`lishi yoki 38-38,5 gradusgacha ko`tarilishi mumkin;

* Terlash;

* Yo`tal;

* Holsizlik.  

Kuzatilish ehtimoli bor belgilar esa quyidagilar:

* Bosh og`rig`i;

* Tomoqdagi og`rik;

* Burun bitishi;

* Hid va ta`m sezishning pasayishi yoki yo`qolishi;

*Ko`ngil aynashi va qayt qilish, diareya (ich ketishi).

    Boshqa yangiliklar