2016 yilning fevral oyida Toshkentda bo`lib o`tadigan futzal bo`yicha Osiyo Chempionatiga bugun qur`a tashlandi.
Unga ko`ra, hamyurtlarimiz “A” guruhidan joy olishdi. O`zbekiston futzalchilariga ushbu guruhda Qirg`iziston, Livan va Saudiya Arabistoni raqiblik qiladigan bo`ldi. Qolgan guruhdagi vaziyat bilan tanishib chiqing:
"B" guruhi:
Eron, Iroq, Xitoy, Iordaniya
"C" guruhi:
Tayland, Vetnam, Xitoy Taypey, Tojikiston
"D" guruhi:
Yaponiya, Avstraliya, Malayziya, Qatar





