Moskvaning "Lokomotiv" klubi o`zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma tuzganini e`lon qildi.
18 yoshli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov Moskva "temiryo`lchilari" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Jasur "Lokomotiv" safida 23-raqamda o`ynaydi.
Oldinroq "Lokomotiv" Jaloliddinov uchun "Bunyodkor"ga 350 ming evro to`lashi haqida xabarlar tarqalgandi.