Xonanda Manzuraning internetdagi sahifalaridan birida qoldirilgan postda mana shu mavzu ko`tarildi.
“Yaqin insoningizga nisbatan eng kechirib bo`lmas gunoh bu nafrat emas, balki befarqlikdir. Befarqli – bu insoniylikdan tashqari holat” (B.Shou)...
Afsuski barchamiz bir-birimizga, atrofdagilarga va hatto yaqinlarimizga nisbatan befarq bo`lib qoldik. Hozir farzand ko`rib, uni faqat onaning zimmasiga ortib qo`yish urfga kiryapti, otaning ishi ham yo`q, to`g`rida ona dunyoga keltirganku... Ota ko`chada, erkakchilik...Buni ota-onalar ham qo`llab-quvvatlashmoqda...Ma`naviy-ahloqiy qadriyatlar yo`qolib bormoqda, hamma davlat va boylik yig`ish bilan ovora... Insonni kadri kolmadi... Uzr, lekin bu hakikat, achchiq haqiqat...”, deb yozadi xonanda.
Manzurani ushbu post qoldirishga nima turtki bo`lgani noma`lum, har holda u jamiyatimizda bo`layotgan hodisalarga befarq emasligi ko`rinib turibdi.





