1

ID rus millatiga mansub a`zolaridan birini qatl etdi

Dunyo 03.12.2015, 12:21
ID rus millatiga mansub a`zolaridan birini qatl etdi

"Islom davlati” xalqaro terrorchilik guruhi jangarilari rus josusi ekanligi taxmin qilinayotgan a`zolaridan birini qatl etganini ma`lum qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. 

 2 dekabr, chorshanba kuni ular qatl tasvirlangan videorolikni internetga joylashtirishdi. Videorolik “Ruslar, sizning umidlaringiz puchga chiqadi va tahqirlanasiz” deb nomlandi.

Videorolikda sariq kiyimdagi erkakning tiz cho`kib turgani, uning orqasida esa jangarining pichoq ushlab turgani tasvirlagan.   

Ma`lumotlarga ko`ra, terrorchilar qatl etilgan a`zosini  guruhga josuslik qilish maqsadida qo`shilganlikda ayblagan. Uning ismi ma`lum qilinmagan.

Terrorchi qatl etilishidan oldin rus tilida nutq so`zlagan. Bu nutqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin farmoniga binoan terrorchilik guruhiga Suriyada berilgan aviazarbalar guruh a`zolarining o`ziga bo`lgan ishonchi va qat`iyatini oshirishga xizmat qilganligi ta`kidlangan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1