1

Avstraliyada terrorizmga aloqadorlikda gumonlangan shaxslar fuqarolikdan mahrum qilinadi

Dunyo 04.12.2015, 12:23
Avstraliyada terrorizmga aloqadorlikda gumonlangan shaxslar  fuqarolikdan mahrum qilinadi

Avstraliya senati terrorizmga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxsda boshqa davlatning pasporti bo`lgan taqdirda uni Avstraliya fuqaroligidan mahrum qilinishi haqidagi Qonunni ma`qulladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”

Qonun 14 yoshdan katta bo`lgan va sudning tegishli hukmiga tortilmagan gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Avstraliya bosh prokurori Jorj Brandis Qonun imkon qadar “Istesno hollar”da qo`llaniladi. Brandis qonunning qabul qilinishini “terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish”ga yordam berishini ta`kidladi.

Avstraliya hukumati ma`lumotlariga ko`ra, Yaqin Sharqlagi terororchilik guruhlari tarkibiga qo`shilayotgan mamlkatning 50 foiz fuqarolari ikki davlat fuqaroligiga ega. Avstraliya fuqarolariga Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda ishtirok etish qonun bo`yicha ta`qiqlangan. Shunga qaramay, “Islom davlati” terrorchilik guruhi tarkibida kamida 70 nafar avstraliyalik mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1