Professional ringda faoliyatini to`xtatgan amerikalik bokschi Floyd Meyvezer kanadalik qo`shiqchi Jastin Biberdan yaxshi futbol chiqishi mumkinligini ta`kidladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. Bu haqda bokschi Moskvadagi matbuot anjumanida ma`lum qilgan.
“Jastin Biber-ajoyib xonanda. Men u bilan maslahatlashib turaman. Jastin o`zining bo`sh vaqtlarida boks bilan shug`ullanadi va bundan ko`zlangan maqsad negativ energiyadan voz kechish ekanligini aytadi. U kuchli psixikaga ega. Agar u boks bilan professional darajada shug`ullanishni istasa, o`zim unga murabbiylik qilaman. Undan yaxshi bokschi chiqishiga ishonaman”, —dedi Meyvezer.
Jastin Biber bir necha marta boks musobaqalariga Meyvezer bilan birga tashrif buyurgan. 21 yoshli qo`shiqchi kinolarda ham suratga tushadi. Uning 2012 yilda sotuvga chiqargan musiqiy to`plami dunyo bo`yicha 15 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Joriy yilda esa Jastin ijrosidagi “What Do You Mean?” taronasi uzoq muddat davomida AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliyadagi musiqiy xit-paradlarning birinchi o`rnini egallab turdi.