AsosiyDunyo

Peterburgda polisiyachilar avtomobiliga qarata o`q uzishdi

Bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri shimoliy-sharqida polisiyachilar avtomobili noma`lum shaxslar tomonidan o`qqa tutildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

“Soat 11 lar atrofida ikki noma`lum shaxs qo`llaridagi avtomatga o`xshash qurol bilan polisiyaning UAZ rusumli avtomobilini o`qqa tutishdi.  Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ikki nafar polisiyachi halok bo`lgan, bittasi yaralangan”, —deyiladi xabarda.  

Otishma Murmansk yo`lidagi 82 –uy oldida yuz bergan. Voqea joyiga tezkor guruh etib kelgan. Halok bo`lgan polisiyachilarning ism-familiyasi oshkor qilinmagan.  

 .

    Boshqa yangiliklar