Xalqaro futbol federasiyasi(FIFA) Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Issa Xayatu Syurixdagi matbuot anjumanida uxlab qoldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
69 yoshli kamerunlik Prezident lavozimini vaqtincha bajaruvchisi 10 soniyaga “ketib qoldi”. Kameralar shu soniyalarni ob`ektivga muhrlashga ulgurdi. U hozirgi lavozimiga Xalqaro futbol federasiyasi Prezidenti Yozef Blatter korrupsiyada ayblanib, istalgan turdagi sport bilan bog`liq faoliyat bilan shug`ullanish ta`qiqlangandan so`ng tayinlangan edi.
FIFAning yangi Prezidenti saylovi o`tkaziladigan Kongress 2016 yilning 26 fevralida Syurix shahrida o`tkaziladi.