Dunyodagi eng badavlat insonlardan biri Mark Sukerbergning rafiqasi Prissella shu kunlarda internet tarmog`ida keng muhokama qilinmoqda. Prissellani go`zal ayollar safiga qo`shish mushkul. Xo`sh, bu ko`rimsizgina ayol qaysi jihati bilan Sukerbergni o`ziga rom etdi?
2004 yilda Mark hali talabalik paytidayoq Prissella bilan tanishadi. Bo`lajak milliarder ko`rimsizgina qizni samimiyligi va ochiqko`ngilligi uchun sevib qoladi. Prissella Mark uchun eng yaqin insonga aylandi. U Mark yaratmoqchi bo`lgan ijtimoiy tarmoqning muvaffaqiyat qozonishiga astoydil ishonardi. Qizning qo`llab-quvvatlashi Markni ilhomlantirardi. Sukerberg tanila boshlagandan so`ng ham Prissellani jamoatchilik e`tiboridan yashiradi. Sababi u keng ommaga shahsiy hayotini oshkor qilishni istamas edi. Kunlardan birida jurnalistlar tobora puli ko`payib borayotgan Mark Sukerbergning sevgilisi borligini eshitib, hayron bo`lishadi. Ular Sukerbergning bo`lajak rafiqasi ham o`zidek badavlat, mashhur va sohibjamol ekanligini taxmin qilishgandi. Ammo ularning taxminlari to`g`ri chiqmadi: Sukerberg ko`ngil qo`ygan inson Prissella-ko`pchilikning fikricha didsiz, xunuk va kamtargina bo`lib chiqdi.
Ularning birga tushgan suratlarini tomosha qilib, yoshlarni “yulduzli” juftlik deb bo`lmaydi. Kamtargina va odmi kiyimdagi Sukerberglar ko`pchilik amerikaliklardan umuman farq qilmaydi.
2011 yilda Mark Prissella bilan aloqalarini bir umrga nikoh rishtalari bilan bog`lashga qaror qildi. Milliarder bu xabarni jamoatchilikdan sir tutishga qaror qiladi. Ammo Bill Geyts o`z intervyularidan birida Prissellani Markning rafiqasi ekanligini aytib qo`yadi va sir oshkor bo`ladi.
O`sha yilning may oyida Mark va Prissella turmush quradi. Ular to`ylarini dabdabadan xoli, kamtarona nishonladi. To`yga faqatgina ikki yoshning eng yaqin qarindoshlari va do`stlarigina taklif etildi.
Mark va Sukerberg 2015 yil 2 dekabr kuni qiz farzandli bo`ldi. Ikki yoshning munosabatlarida ko`pchilikning fikri emas, muxabbat tantana qildi.