1

Koronavirusdan himoyalanishni bildik. Undan ham qo`rqinchli pnevmoniyadan qanday himoyalanamiz? Haqli savolga javoban shifokor o`z tavsiyasini berdi

Salomatlik 05.08.2020, 19:42
Koronavirusdan himoyalanishni bildik. Undan ham qo`rqinchli pnevmoniyadan qanday himoyalanamiz? Haqli savolga javoban shifokor o`z tavsiyasini berdi

Biroz avval biz xabar qilgan brifingda ishtirok etgan “Darakchi” muxbirining pnevmoniyadan himoyalanish bo`yicha bergan savoliga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi, pulmonolog Nargiza Parpieva o`z tavsiyasini berdi:

Haqli savol. Hozirgi pnevmoniya – bu oldingi pnevmoniya emas. Bu – pnevmonit. Bugungi kunda pnevmoniyalar virus-bakterial pnevmonitlarni keltirib chiqaryapti. Bundan saqlanish uchun huddi koronavirusdan himoyalanish (tahr. qo`lni sovunlab yuvish, niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash) qatorida surunkali kasalliklar bilan kasallanganlar, oldin pnevmoniya bilan kasallanganlar juda ehtiyot bo`lishlari kerak. Yoshi kattalar bilan bevosita muloqotni kamaytirib, masofaviy muloqotni yo`lga qo`yish kerak.

— Yaxna ichimliklar yoki muzdek mahsulotlar iste`moli pnevmoniyani keltirib chiqarishi  mumkinmi?

— Bu odamlarni chiniqqaniga bog`liq. Buni aynan bir omil deb ayta olmayman. Lekin terlab turib kondisionerli xonaga kirilsa yoki muzdek suv ichilsa, albatta bunday holatda organizm salbiy ta`sir ko`rishi va o`zini ichida bakteriya va viruslar qo`zg`alishi mumkin. Issiq kunda hech qachon yaxna mahsulotlar iste`molini tavsiya qilmagan bo`lardim.

Hozirgi kundagi pnevmoniya, ya`ni pnevmonit haqida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Rajabboy Israilov shunday izoh berib o`tdi:

Pnevmoniya – bu o`pka to`qimasining bakteriyalar tomonidan yallig`lanishi kasalligi. Virus ta`siridagi pnevmoniya esa sal boshqacharoq. Qachonki o`pkaning biriktiruvchi to`qimasiga viruslar o`z zaxari bilan toksinlari bilan ta`sir qildimi, bu pnevmonit deyiladi. Aynan koronavirus zaharlari pnevmonitni vujudga keltiradi.”

Tahr. Demak, shunday xulosa qilishimiz mumkinki, koronavirusdan himoyalanish natijasida biz o`zimizni pnevmoniyadan ham himoyalangan bo`lar ekanmiz. Va nafaqat pnevmoniyani, balki koronavirus barcha yo`ldosh kasalliklar xavfini ham oshiradi. Shuning uchun undan o`zimizni qattiq himoya qilishimiz kerak.

Mavzuga doir:

“Xitoydan keltirilayotgan tibbiyot matolari va niqoblar orqali koronavirus tarqalyapti” degan gaplar qanchalik asosli?

Nihoyat, Gidroksixloroxin (Plakvenil)dan kimlar manfaatdor ekanligi ochiqlandi

O`zbekistonda ommaviy emlanish qachon boshlanadi?

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1