1

FIFA qirg`iz futboliga moliyaviy ko`mak beradi

Sport 07.08.2020, 16:14
FIFA qirg`iz futboliga moliyaviy ko`mak beradi

 Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) koronavirus pandemiyasi iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish va milliy federasiyani qo`llab-quvvatlash maqsadida Qirg`iziston futbol uyushmasiga 1,5 million dollargacha ajratadi. Bu haqda intersport.uz xabar berdi.

Shuni ta`kidlash kerakki, 1,5 million AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy ko`mak tashkilotga a`zo har bir futbol federasiyasiga beriladi.

Qirg`iziston futbol federasiyasining xabar qilishicha, olingan mablag`larning bir qismi futbol bo`yicha mamlakat chempionatlarini qayta tiklashga yo`naltiriladi.

Futbol tashkiloti matbuot kotibi Adilet Kerimbekovning aytishicha, pullar hozircha ajratilmagan. Uning aytishicha grant mablag`larini olish uchun federasiya ariza berishi kerak. Mablag`lar bosqichma-bosqich beriladi. 500 ming dollar ayollar futbol rivojiga beriladi. Qolgan mablag` (1 mln dollar) federasiya va ijroiya qo`mita rahbarlari qarori bilan taqsimlanadi. Pullar asosan terma jamoalarni o`qitish va trenirovkasi, premer-liga o`yinlari va liga ishtirokchilari bo`lmish komandalarni qo`llab-quvvatlash uchun yo`naltiriladi. Bir so`z bilan aytganda, mablag`lar qirg`iz futbolini saqlab qolish va pandemiya oqibatlarini yumshatishga yo`naltiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1