Kaliforniyadagi otishmalarni sodir etgan Sayed Rizvan Faruk va Tashfin Malik AQShda yana bir nechta teraktni rejalashtirgan bo`lishi mumkin. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Bunday to`xtamga kelishga San-Bernardino shahridagi otishmalarni sodir etgan terrorchilarning yonida ko`p qurol bo`lganligi sabab bo`lgan. Ammo ular AQShning aynan qaysi hududida terakt sodir etmoqchi bo`lganligi oshkor etilmagan.
Hozirda Faruk va Malikka qurol etkazib bergan Enrike Markesning terrorchilik guruhlariga aloqasi bor-yo`qligi holati o`rganilmoqda.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Farukning kamida ikkita terrorchilik tashkiloti bilan muloqot qilishi haqida xabar berilgan edi. Shundan so`ng “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti Kaliforniyadagi ommaviy qotillik javobgarligini uning tarafdorlari sodir etganligini ma`lum qilgan.