AsosiyJamiyat

Professor Sanjar Jalalov koronavirusdan vafot etdi

'Professor Sanjar Jalalov koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

4 avgust kuni yana bir yorqin shaxs va o`z yurtining haqiqiy fuqarosi iqtisod fanlari doktori, professor Sandjar Chingizovich Djalalov oramizdan ketdi. U O`zbekistonda o`zining boshqa g`oyalari qatorida sog`liqni saqlash texnologiyasini baholash (SSTB) tizimini joriy etishga urindi, Lekin koronavirus uni ayamadi. Bu haqda Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi ma`lum qildi va Palata jamoasi prfessorni yoz etdi

"Prezident Shavkat Mirziyoev dunyoning har xil mamlakatlarida ma`lum yutuqlarga erishgan yurtdoshlarimizni yurtga qaytib, vatanga ko`mak berishga, ya`ni har xil sohalarga yutuqlarning eng yaxshi, samarali va ma`qulini olib kirishga  chorlaganida u O`zbekistonga aynan mana shu maqsadda 2018 yilda qaytib kelgandi. 

Sandjar Djalalov o`zining Kanadada erishgan boy tajribasi va yutug`i mevasi bo`lgan aynan mana shunday texnologiyani, ya`ni SSTB tizimini taklif etgandi. Bu tizim qaysi dori vositalari eng zaruri va ularning haqiqiy narxini baholash imkonini beradi. Sandjar Djalalov Kanadada sog`liqni saqlash texnologiyasini baholash(SSTB)va ularning THETA Collaborative (Toronto, Kanada) byudjetiga ta`siri bo`yicha konsultant sifatida tanilgan edi. 

2018 yilda iqtisod fanlari doktori Sandjar Djalalov Buyuk Kelajak kengashi tarkibiga a`zo bo`ladi. Aynan u 2018 yil 2 avgustda tashkil topgan O`zbekiston Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasining birinchi  mehmoni bo`lgan. 10 avgustga kelib esa Ontario va Toronto onkologik qo`mitalari farmo iqtisod tadqiqot guruhi katta tahlilchisi Sandjar Chingizovich Milliy palatada «Kanada Sog`liqni saqlash texnologiyalarini baholash: O`zbekiston uchun darslar» mavzusida taqdimot o`tkazgandi. 

Toshkent Farmasevtika instituti va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetiga lektor sifatida taklif etilgan professor Djalalov o`z yurtida bo`lajak mutaxassislarni tayyorlashga e`tibor qaratgandi. Bugun esa uning sa`y-harakati bilan Vestminster Universitetida jamoat sog`liqni saqlash fakulteti ochilyapti. 

Iqtisod fanlari doktori Djalalov vataniga qaytgach, har bir kunini O`zbekistonda ilg`or texnologiyalarni va xalqaro startaplarni, jumladan sog`liqni saqlash texnologiyasini baholash(SSTB)tizimini joriy etish muhimligini, tizimli ko`zdan kechirishni, meta-tahlil, hamda dorilar ro`yxati va tibbiyot uskunalarini belgilashdagi tahlilni o`tkazish zarurligini isbotladi. Bunda u sarflanadigan davlat mablag`larini qanchalik optimallashtirishni asoslab berdi. 

U o`z vatanida Kanada Sog`liqni saqlash tizimidagi ko`p yillik tajribasini joriy etishga urindi. U u erda qandli diabet, sut bezi raki, yurak jarrohligi, Alsgeymer kasalligi kabi bir qator kasalliklarni  iqtisodiy jihatdan baholab bergandi. Undan tashqari iqtisod fanlari doktori Djalalov nafaqat sog`liqni saqlash iqtisodi sohasidagi, balki qishloq xo`jaligi, institusional rivojlanish kabi boshqa bir qator xalqaro loyihalarda ham menedjer sifatida ishtirok etgan. 

Dori vositalarini davlat byudjeti mablag`i evaziga xarid qilishdan avval ularni tanlash jarayoniga isbotlash bazasini joriy etish haqidagi Djalalovning tashabbusi Milliy palata tomonidan qo`llab-quvvatlangan. Bugun pandemiya davrida SSTB tizimini joriy etish natijalari u yoki bu dori vositalarni tanlash va xarid qilishda klinik-iqtisodiy hisob-kitobning muhim mexanizmi bo`lishi mumkin. 

Iqtisod fanlari doktori hozirgi vaqtda sog`liqni saqlash tizimi iqtisodiy va klinik samaradorligining barcha aspektlarini hisobga olmay turib, sermahsul tizim bo`la olmasligini tasdiqlagan.

U rasmiy taqdimotlarda, ommaviy axborot vositalarida, xususan, spot.uz da   o`zining g`oya va dalillarini ko`plab martalab aks ettirgan. U nima haqda so`zlayotganini yaxshi bilgan va sog`liqni saqlashning samarali tizimini shakllantirishda O`zbekistonning eng yaxshi xalqaro tajribaga munosib ekanligiga ishongan. 

Afsus, u o`zining ishini yakuniga etkaza olmadi, mehnatining natijalarini ko`rish unga nasib etmadi. Pandemiya Sandjar Chingizovichning katta ishini to`xtatib qo`ydi. Biz shunga ishonch bildiramizki, bu vaqtincha to`xtagan, axir uning sa`y-harakatlari, tajribasi, professionalligi va eng yaxshi insoniy fazilatlari aynan har qanaqangi kasallikning insonning hisoblash, tahlil qilish va kasalliklarga qarshi tura olish imkoniyatlariga duch kela turib, imkon qadar kam hayotga zomin bo`lishiga qaratilgan edi. 

Sandjar Chingizovich Djalalovning yorqin xotirasi O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash Milliy palatasi loyihalarida o`z o`rnini topadigan uning ishlari davomida saqlanib qoladi. O`z vatanini chindan sevuvchi inson tomonidan vatandoshlarining salomatligi yo`lida boshlangan har bir ish oxirigacha davom ettirilishi va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishi kerak, deyiladi ta`ziya xabarida. 

 

    Boshqa yangiliklar