AsosiyDunyo

Kanadaliklar 1 million dollarlik g`avvoslar kiyimini yaratdi

Kanadaning Nuytco Research kompaniyasi suv ostiga chuqur masofaga sho`ng`ishga mo`ljallangan skafandr yaratdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Ma`lumotlarga ko`ra, g`avvoslar kiyimining og`irligi taxminan 200-240 kilogramm keladi. Kiyim yordamida ming funt(300 metr) chuqurlikkacha sho`ng`ish mumkin.

Skafandr suv ostida harakatlanish uchun maxsus dvigatel a aloqa tizimiga ega. Kislorod zahirasi esa kiyim bilan suv ostida 50 soatgacha qolish imkoniyatini beradi.

G`avvoslar kiyimi bir million dollar deb baholanmoqda.

Avgust oyining o`rtalarida Hello Kitty brendi yaratuvchilari  ham shunga o`xshash kostyumni keng ommaga namoyish etgandi. G`avvoslar kiyimi atigi 50 nusxada qora va oq ranglarda ishlab chiqarilgan edi. Uning Yaponiyadagi narxi 5,3 ming dollarni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar