1

Bosh vazir ayrim mahalla raislarini tanqid qildi, uch nafar mas`ulga hayfsan e`lon qildi

Siyosat 08.08.2020, 22:12
Bosh vazir ayrim mahalla raislarini tanqid qildi, uch nafar mas`ulga hayfsan e`lon qildi

Bugun, 8 avgust kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor o`tkazildi. Unda ba`zi mahallalar raislari keskin tanqid qilindi, ayrim mas`ullarga hayfsan berildi. Bu haqda "Kun.uz" nashri xabar qildi. 

Qayd etilishicha, videoselektor yig`ilishida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi faoliyati tanqidiy muhokama qilingan. 

Aripov moddiy yordam va ko`makka muhtoj oilalarga respublika byudjetidan ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatishda sustkashlikka yo`l qo`ygan ayrim mahallalar raislarining qilmishini keskin tanqid qilgan. Buni hech qaysi mezon bilan oqlab bo`lmasligini ma`lum qilgan.

Shuningdek, yig`ilishda tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ham ko`rib chiqilgan. Ishda yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, vazir o`rinbosarlari Azizbek Ikromov va Botir Parpievga hayfsan e`lon qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1