AsosiyDunyo

Aktrisa Gvinet Peltrouning Nyu-Yorkdagi do`koniga o`g`ri tushdi

Taniqli Gollivud aktrisasi Gvinet Peltrouning Nyu-Yorkdagi do`konidan umumiy qiymati 173 465 $  bo`lgan zargarlik buyumlari o`g`irlandi, deb xabar beradi “TASS”.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, Goop Mrkt do`konidagi o`g`irlikni uch nafar o`g`ri sodir etgan. Ulardan ikkitasi sotuvchini chalg`itgan, uchinchisi esa qimmatbaho buyumlar turgan vitrinani ochgan.

“Shanba og`ir kun bo`ldi. Do`kon xaridorlar bilan liq to`la edi. Nyu-York shahri polisiyasining tezkor-operativ harakatlari tufayli mijozlar va do`kon ishchilari zarar ko`rmadi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda o`g`irlik holati bo`yicha tergov-surishtiruv tadbirlari o`tkazilmoqda.

Peltrou dizaynerlik liboslari va aksessuarlari do`konining Manxettendagi bo`limini 23 noyabr kuni ochgan edi. Xuddi shunday savdo markazlari Dallas, Los-Anjeles va Chikagoda ham faoliyat yuritadi.  Ularda asosan taniqli Valentino modalar uyi bilan hamkorlikda yaratilgan kiyimlar va aksessuarlar sotiladi.

Gvinet Peltrou Los-Anjeles shahrida tug`ilgan. 1998 yil uning ishtirokidagi “Oshiq Shekspir” filmi katta ekranlarga chiqqach, aktrisa mashhurlik va “Oskar” mukofotini qo`lga kiritgan edi.

    Boshqa yangiliklar