AsosiyDunyo

Hindistonda poezd va avtomobil ishtirokidagi YTH yuz berdi

Poezd va avtomobil ishtirokidagi yo`l-transport hodisasi Hindiston sharqidagi Jarxand shtati markazi Ranchi shahridan 70 kilometr uzoqlikda sodir bo`lgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Hodisa yuz bergan temir yo`l nazorat qilinmagan. Engil avtomobil ichida ibodatdan qaytayotgan oila a`zolari bo`lgan. Mashina temir yo`ldan o`tayotgan paytda tiqilib qolgan. Yaqinlashib kelayotgan poezd ovozini eshitgan odamlar mashinadan sakrab chiqishga uringan, ammo ulgurmagan.

Poezd avtomobilni 100 metr masolfagacha sudrab borgan. Mashina ichidagi 13 nafar yo`lovchilarning barchasi halok bo`lgan.

Mamlakat temir yo`lchilari yo`lni kesib o`tishning xavfsizligini ta`minlamagani mahalliy aholi vakillarini g`azablantirmoqda.

Mahalliy hokimiyat vakillari bu borada tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta`kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar