Hozirgi kunda “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O`zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olinayotgan “Oyqiz ertagi” badiiy filmini ishlab chiqarish jarayoni ayni qizg`in pallaga kirgan.
Film qiziqarli afsona va rivoyatlarga asoslangan bo`lib, unda Vatanni sevish, uning daxlsizligini ko`z qorachig`idek asrab-avaylash, mardlik, halollik singari ezgu g`oyalar aks ettirilgan, deya xabar beradi “O`zbekkino” MA.
“Oyqiz ertagi” badiiy filmining ssenariysi Muhammad Davlatilloh va Akbar Bekturdiev qalamiga mansub, postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiev, postanovkachi rassom Akmal Saidov. Filmda Hayrulla Sa`diev, Ma`ruf Otajonov, Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabova kabi taniqli va yosh aktyorlar suratga tushishmoqda.





