Olot tumanida "Opshoq" MFY hududida yashovchi, Jinoyat kodeksining 140-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun muqaddam sudlangan fuqaro Sh.N. doimiy ravishda ovsini D.E. bilan o`zaro janjallashib keladi.
Buxoro viloyati Olot tuman IIB HPB xotin-qizlar masalalari bo`yicha guruh tomonidan ushbu bir-biriga nisbatan ruhiy tazyiq o`tkazib kelayotgan ovsinlar masalasi MFY raisining Oilani qo`llab-quvvatlash bo`yicha o`rinbosari, mahalla faollari hamkorligida ularning birgalikda istiqomat qilib kelayotgan xonadoniga borib o`rganildi. Natijada har ikki jabrlanuvchi Sh.N. va D.E.ga 30 kun muddatga himoya orderi berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, fuqaro Sh.N. va D.E.larga order talablari, uni buzganlik uchun qo`llaniladigan ta`sir choralari xususida batafsil tushunchalar berilib, ularni yarashtirish choralari ko`rildi.